Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Sabr haqida

Sabrim, chida

Sabrim, kosang to‘lmay turib to‘kar edim,
Zumda portlab so‘ng tubingga cho‘kar edim,
Aql bo‘lsang yosh boladek so‘kar edim,
Sabr qilgan sabrim, yana bir oz chida.

Katta bo‘ldim. Sabr deding. Sabr qildim.
Lom lim demay senu menga jabr qildim.
Ko‘nib ko‘nmay na ming qildim na bir qildim,
Sendan o‘tib ketdim Sabrim, sen ham chida.

Sabrsizlik qilsam jilov ursak derlar,
Sabr qilsam turtib-turtib tursak derlar,
O‘z bilgancha qilsam xolin ko‘rsak derlar,
Nima deysan? Sabrim, dema: “Bir oz chida”.

Sensiz yursam peshonamni urishim bor,
Senla tursam men g‘aflatda yurishim bor,
O‘rtada bir muvozanat turishim bor,
Yo‘l ko‘rsatib, Sabrim, keyin o‘zing chida.

Qo‘rqib qoldim tong otishdan, kun botishdan,
Qo‘rqib qoldim jim turishdan, gap sotishdan.
Men qo‘rqaman Sabrim seni yo‘qotishdan,
Tashlab ketma. Sabrim menga bir oz chida.

18-xafta, 2015 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.