Ot muchali harakat, erkinlik va faol hayot tarziga intilish bilan bog‘lanadi. Bu muchal vakillarida mustaqillikka intilish, yangi tajribalarga qiziqish va o‘z maqsadi sari dadil harakat qilish kabi xususiyatlar ko‘proq namoyon bo‘lishi mumkin.
Muchal tizimida Ot Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlari bilan uyg‘unlashadi. Unsurning taʼsiriga qarab, Ot muchali vakilining xarakter xususiyatlari, munosabatlari, qarorlari va hayotga munosabatida turli jihatlar namoyon bo‘ladi.
Siz Suv, Olov, Tuproq, Metall yoki Yog‘och Ot ekaningizni aniqlang va o‘z unsuringizga xos xususiyatlar bilan tanishing.

Metall Ot (1930, 1990, 2050)
Metall Otlar haqqoniyligi, jasorati, qatʼiyati, shuhratparastligi, oldinga intilishi, mustaqil qaror qabul qilishi bilan ajralib turadilar. Ular muammolardan qo‘rqmaydilar, hatto muammolarni sinchiklab tahlil qilishdan o‘ziga xos qoniqish his qiladilar. Metall Otlarni jasorat, qatʼiyat va tezlik ajratib turadi. Ular qarorlarni zudlik bilan qabul qilib, darhol amalga oshirishga kirishadilar. Bu unsurdagi otlar o‘ta erkinlikni yoqtirishadi, har qanday tashqi aralashuvni keskin rad etalar. Ular o‘z jozibasi va turli qobiliyatlari bilan maqtanishlari mumkin. Biroq, baʼzida ularning qaysarligi va o‘ylamay tez harakat qilishlari odamlar bilan munosabatlariga to‘sqinlik qiladi. Ular juda faol ijtimoiy hayotga va ko‘plab do‘stlar davrasiga ega insonlardir.
Metall Otlar odamlar bilan murosa qilishni, hissiyotlarga qaram bo‘lib qolmaslikni o‘rganishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Suv Ot (1942, 2002, 2062)
Suv Otlarning kayfiyati va xohishlari tez-tez o‘zgarib turadi. Ular uchun atrofidagi odamlarning fikri, qo‘llab quvvatlab turishlari juda muhim. Suv Otlar do‘stona munosabat, yaxshi hazil tuyg‘usi, har qanday mavzuda aqlli suhbatlar qura olishi bilan ajralib turadilar. Bu muchalda biznesmen bo‘lib katta muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan insonlar tug‘iladi. Ular biznes sohasini yaxshi tushunishadi, paydo bo‘lgan imkoniyatlarni chuqur mulohaza va tahlillarsiz o‘z foydalariga yo‘naltira oladilar. Shunga qaramay, bu muchal vakillari tez umidsizlikka tushib qolishlari mumkin. Shuningdek, ularning manfaatlari, rejalari va fikrlarining tez-tez o‘zgarib turishi ularning o‘zlariga zarar yetkazadi. Biroq ularning ulkan tabiiy isteʼdodi hayotda juda ko‘p narsaga erishishlariga yordam beradi. Suv Otlar o‘z tashqi ko‘rinishlariga ko‘p eʼtibor beradilar. Odatda ular juda ko‘rkam ko‘rinishadi, did bilan kiyinishadi va o‘zlarini chiroyli ko‘rsata olishadi. Bu ularning karyerasi va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatga erishishga ko‘pincha yordam beradi. Suv Otlar ochiq havoda ishlashni, sport bilan shug‘ullanishni va sayohatlarni yaxshi ko‘radilar.
Suv Otlar sabrli bo‘lishni o‘rganishlari, o‘z fikri va istaklarini tez tez o‘zgartirmasdan, bittasida muqim turishga harakat qilishlari kerak.

Yog‘och Ot (1954, 2014, 2074)
Yog‘och otlar ochiq va do‘stona xislatlarga ega bo‘lib, Ot muchaliga xos bo‘lmagan, moslashuvchan, o‘zgalar fikriga yon bosadigan tabiatlari bilan ajralib turadilar. Ularning o‘jarligi mayinroq, sho‘xroq shaklda namoyon bo‘ladi, Yog‘och otlar chiroyli hazil tuyg‘usi va boy tasavvurga ega. Yog‘och Otlar ishda masʼuliyatli, mehnatsevar bo‘lib, hamkasblari va do‘stlari orasida hurmat va eʼtibor topishadi. Yog‘och Otning fikrlari doimo salmoqli ahamiyatga ega bo‘ladi, uning qarashlari esa atrofdagilarda qiziqish uyg‘otadi. U keng tasavvurga ega bo‘lgani uchun ko‘pincha o‘ziga xos betakror g‘oyalar bilan chiqadi. Ushbu yillarda tug‘ilgan odamlar, odatda, jamoat ishlarida faol bo‘lib, saxovatli, bilimli va yuqori axloqiy qadriyatlarga ega.
Yog‘och Otning barcha g‘oyalarini amalga oshirish mumkin deb aytib bo‘lmaydi, ammo ularning ko‘p qismi eʼtibor berishga arziydigan g‘oyalar bo‘ladi.

Olov Ot (1906, 1966, 2026)
Olov otlar o‘z yaqinlari uchun haqiqiy sinov hisoblanadi. Jilovlanmagan hissiyotlar va g‘ayritabiiy o‘jarlik har qanday odamni jahlini chiqaradi. Olov otlar peshonasiga turli tuman voqea hodisalarga to‘la juda faol hayot kechirishga bitilgan. Qatʼiy harakatlar, o‘tkir aql va kuchli hazil tuyg‘usi kabi xususiyatlari atrofdagilarda haqiqiy hayrat uyg‘otadi. Ular tinimsiz harakatdagi odamlar, hayotlarini doimiy harakatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biroq, Olov Otlar ortiqcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan, o‘zini bosib tura olmaydigan, shiddatli bo‘lishadi. Ular buyruq va maslahatlarni mutlaqo qabul qilmaydilar, shaxsiy ishlariga aralashganlarni tepib tashlashadi. Ular o‘zlariga yoqmaydigan narsalarga boshqa Otlarga qaraganda ancha kuchli hissiyot bilan javob qaytaradilar.
Olov Otlar sabr-toqatli bo‘lishni o‘rganishlari va ortiqcha bosimsiz ham muvaffaqiyatga erishish mumkinligini anglashlari lozim.

Tuproq Ot (1918, 1978, 2038)
Amaliy, dono va uncha qatʼiyatli bo‘lmagan Ot. U o‘z harakatlarida oqilona va ehtiyotkor bo‘lib, ehtiroslarini jilovlay oladi, bu esa ko‘pincha uning manfaati uchun xizmat qiladi. Tuproq Otga xos bo‘lgan yengil ikkilanishga qaramay, u yaxshi moliyaviy boshqaruvchi yoki tadbirkor bo‘lish uchun barcha sifatlarga ega. U bilan muloqot qilish oson, chunki Tuproq Ot do‘stona tabiatga ega, do‘stlari va yaqinlariga nisbatan o‘ta g‘amxo‘r bo‘ladi.
Tuproq Ot o‘z hayotini yaxshilash uchun o‘ziga ko‘proq ishonch bildirishni o‘rganishi lozim.