Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Qo‘y muchali

Qo‘y muchali – 5 toifa insonlar

Qo‘y muchali muloyimlik, mehribonlik, nozik did va yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish kabi jihatlar bilan bog‘lanadi. Bu muchal vakillarida xotirjam muhitga intilish, his-tuyg‘ularga eʼtiborli bo‘lish va go‘zallikni qadrlash kabi xususiyatlar namoyon bo‘lishi mumkin.

Qo‘y muchali Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlari bilan bog‘liq. Unsurga qarab, Qo‘y muchali vakilining xarakter xususiyatlari, odamlar bilan munosabati, qaror qabul qilishi va hayotga yondashuvida o‘ziga xos jihatlar namoyon bo‘ladi.

Siz Suv, Olov, Tuproq, Metall yoki Yog‘och Qo‘y ekaningizni aniqlang va o‘z unsuringizga xos xususiyatlar haqida ko‘proq bilib oling..

Decoration

Metall Qo‘y (1931, 1991, 2051)

Metall Qo‘ylar aniq va puxta o‘ylangan harakatlari bilan ajralib turadilar. Ular katta ichki zaxiralarga va jo‘shqin temperamentga ega. Bu yillarda tug‘ilgan insonlar o‘z kasblarida muayyan muvaffaqiyatlarga erishishlari ko‘p kuzatiladi. Metall Qo‘ylarning xarakterida o‘z-o‘ziga ishonch va mayda narsalarga ortiqcha xavotirlanish hissi g‘aroyib tarzda uyg‘unlashib ketgan. Qo‘ylarda oila aʼzolari, hamkasblari va do‘stlariga nisbatan mehribonlik hissi yaqqol namoyon bo‘ladi. Ularning do‘stlari doirasi keng bo‘ladi. Metall Qo‘ylar o‘ta isteʼdodli insonlar, ular haqiqiy shoh asarlar mualliflari bo‘lishlari mumkin. Bu muchal vakillari o‘z uylarini katta did bilan bezaydilar, ko‘pincha qadimiy buyum va ashyolaridan iborat kolleksiyalarga ega bo‘ladilar.

Hayot sifatini oshirish uchun Metall Qo‘ylar muammolarga unchalik qattiq va chuqur munosabatda bo‘lmaslikni o‘rganishlari zarur. O‘zlariga yechimsiz tuyulgan qiyinchiliklarni yengish uchun ular o‘z qobig‘iga o‘ralib olmay, odamlardan yordam so‘rab murojaat qilishlari kerak.

Decoration

Decoration

Suv Qo‘y (1943, 2003, 2063)

Suv Qo‘y muchalida tug‘ilgan insonlar juda tez muloqotga kirishuvchan insonlar, shuning uchun ham ularning hayotida do‘stlar juda tez paydo bo‘lishadi. Ular eng kam kuch sarflab, eng yuqori natijalarga erishish uchun kim bilan ishlash kerakligini yaxshi bilishadi. Ichki tuyg‘ular orqali manfaatli loyihalarni his qiladilar, ammo ularga qo‘l urganlarida baʼzan oxiriga yetkazmasliklari ham mumkin. Suv Qo‘yning hayotidagi eng katta qadriyat – uydagi sokin hayot va xotirjam ish kunlaridir. Shuning uchun Suv Qo‘ylar muhit o‘zgarishiga qiyinchilik bilan ko‘nikishadi va bunday o‘zgarishlarni yoqtirmaydilar. Ularda yumor hissi kuchli, ishoralari va yuz ifodalari juda ifodali. Bu muchal vakillari bolalar bilan juda tez va oson til topishadilar.

Suv Qo‘ylar ko‘proq tartibli bo‘lishni va va boshlangan ishlarini yarim yo‘lda tashlab ketmaslikni o‘rgansalar, foydadan holi bo‘lmaydi, chunki aynan mana shular ko‘p vaziyatlarda haqiqiy foyda keltirishi mumkin.

Decoration

Yog‘och Qo‘y (1955, 2015, 2075)

Bu yillarda tug‘ilgan insonlar oliyjanoblik, mehribonlik va zarur bo‘lganda yordam berishga tayyorliklari bilan ajralib turadilar. Ular uchun turli sohalardagi faoliyat mos keladi. Yog‘och Qo‘ylar ko‘plab tanishlar va do‘stlarga ega bo‘lishlari bilan maqtana oladilar, ammo o‘ziga xos yumshoq xarakteri va ochiq tabiati tufayli osonlik bilan boshqalarning taʼsiriga tushib qoladilar, bu esa ham yaxshi, ham yomon taʼsir etishi mumkin. Yog‘och Qo‘y o‘z muchali vakillari orasida eng hissiyotlarga berilgan inson sanaladi va doimo sevgan insonlarini quvontirishga intiladi. U hamdardlik va yordam ko‘rsata oladi. Moliyaviy masalalarda juda omadli bo‘ladi.

Muvaffaqiyatlarga erishish uchun Qo‘ylar doimo boshqaruvga muhtoj bo‘ladilar. Lekin ular ko‘proq o‘z fikrlariga tayanishni va boshqalarning ko‘rsatmalariga ko‘r-ko‘rona amal qilmaslikni o‘rganishlari kerak.

Decoration

Olov Qo‘y (1907, 1967, 2027)

Olov Qo‘ylar o‘z hayotiy maqsadlarini juda yaxshi anglaydilar va ularga tabiiy jozibasi yordamida erishishga harakat qiladilar. Ularning muloqotga kirishimli ekanligi va jonli xarakterlari sababli do‘stlari ko‘p bo‘ladi. Bu yillarda tug‘ilgan insonlar turli ommaviy tadbirlar, bayramlar va ijtimoiy uchrashuvlarni juda yoqtirishadi. Shuning uchun ham Olov Qo‘ylar o‘z kiyim javonlarini doim yangilab to‘ldirib turishni xush ko‘radilar, lekin ko‘pincha keraksiz buyumlarni sotib olishga moyil bo‘ladilar. Ular har qanday muammoni oliyjanob usulda hal etishga urinadilar, biroq birinchi qiyinchilikka duch kelgandayoq ular o‘zlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotib qo‘yishlari mumkin.

Olov Qo‘ylarga o‘zlarini qo‘lga olishni va keraksiz sarf-xarajatlardan qochishni o‘rganish tavsiya etiladi. Yana bir maslahat: o‘zining juda boy tasavvurlari qarmog‘iga tushib qolmaslik! Olov Qo‘ylar uchun o‘zining fantaziyalari ortidan ergashib ketmasdan, boshqalarning maslahatlariga quloq tutish ancha samarali bo‘ladi.

Decoration

Tuproq Qo‘y (1919, 1979, 2039)

Tuproq Qo‘ylar o‘z oilasi va yaqinlariga nisbatan o‘ta kuchli eʼtibori, g‘amxo‘rligi va sadoqati bilan ajralib turishadi. Atrofdagilarda doimo juda yaxshi taassurot qoldiradilar, ishga puxta va masʼuliyat bilan yondashadilar, suyanish mumkin bo‘lgan ishonchli xodimlar hisoblanadilar. Tuproq Qo‘ylar qulaylikni, hayotning kichik zavqlarini yoqtirishadi va bu narsalar uchun sezilarli mablag‘ sarflashlari mumkin. Shu bilan birga, ularga saxovatlilik xos bo‘lib, yaqinlariga yordam berish uchun o‘zlarida bor narsalarni ayamaydilar. Yaqinlariga ko‘mak berib, bundan chuqur qanoatlanish his qiladilar. Bu yillarda tug‘ilgan insonlar turli qiziqishlarga ega, o‘qimishli bo‘ladilar.

Tuproq Qo‘ylarga mablag‘larni behuda sarflamaslikni o‘rganish tavsiya etiladi.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.