It muchali sadoqat, ishonch, masʼuliyat va yaqin insonlariga g‘amxo‘rlik qilish kabi fazilatlar bilan bog‘lanadi. Bu muchal vakillari munosabatlarda samimiylikni qadrlashi, o‘z qarashlariga sodiq qolishi va ishonch bildirgan insonlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turishi mumkin.
It muchali Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlari bilan bog‘liq. Qaysi unsurga mansublikka qarab, It muchali vakilining xarakter xususiyatlari, dunyoqarashi, munosabatlari va hayotga yondashuvida turli qirralar namoyon bo‘ladi.
Siz Suv, Olov, Tuproq, Metall yoki Yog‘och It ekaningizni aniqlang va o‘z unsuringizga xos xususiyatlar haqida ko‘proq bilib oling.

Metall It (1910, 1970, 2030)
Metall It muchalidagilar to‘g‘riso‘zlik va o‘z-o‘ziga ishonch bilan ajralib turadilar. Bu muchal vakillari faqat o‘z fikrlariga eʼtibor qiladilar va har qanday ishga qatʼiyat va jasorat bilan kirishadilar. Metall It faqat o‘z kuchiga va qobiliyatiga ishonadi, qo‘yilgan maqsadga matonat va qatʼiyat bilan intiladi.
U o‘z maqsadiga erishish uchun har qanday narsani qilishga tayyor, shu bois uning yo‘lida to‘sqinlik qilmaslik yaxshiroq. Bu turdagi Itlarga baʼzan ortiqcha jiddiylik xos bo‘ladi. Agar ishlar u xohlaganicha ketmasa, u darhol asabiylashadi. Ular uchun yoki hammasi, yoki hech narsa, chala ishlarni qabul qilishmaydi. Metall Itning yaqinlariga sadoqati cheksiz. Bunday yilda tug‘ilgan insonlarning qiziqishlari unchalik ko‘p bo‘lmaydi.
Metall Itlar ko‘proq ochiq va muloqotga moyil bo‘lishga, tinch va sabrliroq bo‘lishga intilishlari kerak.


Suv It (1922, 1982, 2042)
Suv It muchalidagilar ochiq, sezgir va jozibali tabiatga ega. Ularning tabiiy jonli tabiati, qaltis bo‘lmagan hazil hissi, atrofdagilarning qalbini zabt etadi. Ular atrofdagilar bilan osongina umumiy til topishadi va atrofiga umumiy qarashlarga ega do‘stlar va hamfikrlarni to‘play oladilar. Mushkulotlar va qiyinchiliklarni ular kulgu va tabassum bilan qarshi oladilar - bunday yondashuv ko‘pincha qiyin vaziyatlardan chiqishga yordam beradi.
Biroq bu muchal vakillari odatda ozgina intizomsiz va beparvo, sarf-xarajatlariga ham katta eʼtibor qaratmaydilar. Ular o‘z oilasi va do‘stlariga nisbatan esa beqiyos saxovatkorlik ko‘rsatadilar, hech qachon ularni nimadadir cheklamaydilar. Agar ular ozgina iqtisodiy bilim va aniq rejalashtirishni o‘rgansalar, osongina o‘z va oilasi uchun yaxshi hayot darajasini taʼminlay olar edi.
Bu muchal vakillari ko‘proq jiddiyroq bo‘lishlari va saxovat ko‘rsatishda chegarani unutmasliklari kerak, aks holda ularni yo‘qchilik qiynab qo‘yishi mumkin.

Yog‘och It (1934, 1994, 2054)
Yog‘och It yilida tug‘ilganlar atrofdagilarda doimo ijobiy taassurot qoldiradi va yaxshigina mashhurlikka ega bo‘lishadi. Bunga ularning rivojlangan hazil hissi ham yordam beradi. Ular mehnatsevar va odobli xodimlar bo‘lib, jamoada ishlashni yoqtiradilar, boshqa It muchali vakillariga qaraganda, ular ko‘p ham mustaqil emaslar, har doim jamoa manfaatlarini o‘z manfaatidan yuqori qo‘yadilar. Ular yaqinlarining hayotiga ham befarq bo‘lmay, unda faol ishtirok etadilar.
Yog‘och It tinchlik va xotirjamlikni yoqtiradi, ko‘pincha tabiatda yolg‘iz vaqt o‘tkazadi va kolleksiya to‘plashga ko‘p vaqt sarflaydi. Bu muchal vakillari - samimiy va yoqimtoy odamlar bo‘lib, ular bilan muloqot qilish odamni ko‘nglini ko‘taradi.

Olov It (1946, 2006, 2066)
Olov It muchalidagilar ochiqqo‘l va jonli tabiatlari bilan osongina do‘st orttirishadi. Ular ish joyida ham mehnatsevar va halol bo‘lib, turli ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Bu yillarda tug‘ilgan insonlar ilg‘or g‘oyalarni oson qabul qiladilar va tadqiqot ishlarida alohida qobiliyatga egadirlar. Ular ko‘pchilik muvaffaqiyatni qo‘lga kirita olmaydigan ishlarda ham yutuqlarga erishishlari mumkin.
Bu toifadagi It muchali vakillari, o‘z hamkasblaridan farqli o‘laroq, hayotni yorqin va mazmunli yashashni istaydilar. Tabiatan yoqimtoy, ochiq va samimiy, lekin baʼzida o‘ta o‘jarlik ular uchun qiyinchilik keltirishi mumkin.
Olov It o‘z o‘jarligini nazorat qilishni o‘rganishi kerak. Bu kamchilikdan qutulish ularga hayotda ancha katta yutuqlarga erishish imkonini bergan bo‘lar edi.

Tuproq It (1958, 2018, 2078)
Tuproq It yilida tug‘ilganlar ko‘p hollarda o‘ziga xos, diqqatni tortadigan tashqi qiyofaga ega bo‘ladilar. Ular ziyrak, isteʼdodli, o‘z ishining mohir ustasi bo‘lib, kasbiy sohada yuqori marralarni zabt etishlari mumkin. Tuproq It tabiatan barqaror, vazmin va ehtiyotkor. U anʼanaviy qarashlarga sodiq bo‘ladi va yangi tendensiyalarni qiyinlik bilan qabul qiladilar.
Tuproq unsuri vakillari moddiy barqarorlik, osoyishtalik va dunyoviy lazzatlarga katta ahamiyat beradilar. Ular mehribon va olijanob insonlar, ehtiyojmandlarga albatta yordam qo‘lini cho‘zadilar. Do‘stlar, hamkasblar va hatto boshqa jins vakillari orasida ham Tuproq Itlar juda mashhur. Ular hech qachon boshqalarning haqqini yeyish orqali yoki nohaq yo‘llar bilan maqsadga erishishmaydilar, faqat halol va qonuniy imkoniyatlardan foydalanadilar.
Bu muchal vakillari moddiy boylikdan tashqari ruhiy va maʼnaviy qadriyatlar ham hayotda muhim ekanini unutmasliklari lozim.