Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Asakamning yigitlariga

Asakamning yigitlariga

Tan beraman Asakamning yigitlariga,
Kamtar emas, maqtanishar javobi bilan.
Kerak bo‘lsa urib-turtar yerga urmasdan,
Dushmanga ham osh yedirar savobi bilan.

Tan beraman Asakamning yigitlariga,
Ishlab turib changitadi O‘zbek yo‘llarin,
Topganini yediradi bitta do‘stiga,
“Shinam”, “Cho‘ntak” moylab turar chayir qo‘llarin.

Besh ketaman Asakamning yigitlariga,
Mulozamat qilmaydilar ahvol so‘rsalar,
Mehr to‘lib toshib turgan uziqorani
“Asakalik” deb qo‘yarlar qayda ko‘rsalar.

Qoyilman men Asakamning yigitlariga,
Go‘dagi xam qarab yurar ishtonchasiga.
Kerak bo‘lsa berib turar so‘nggi zar to‘nin,
Chetdan kelib kiyib olsa “Anjanchasiga”.

Tan berasiz Asakamning yigitlariga,
Tilda emas, dilga qarab javob olasiz.
Kelib turing to‘y, maʼraka, choyxonasiga,
Bir kun siz ham Asakalik bo‘lib qolasiz.

19 iyul 2007 yil.
Janubiy Koreya.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.