Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Avtomobil TICO

So‘nggi TICO

(So‘nggi TICO avtomobiliga bag‘ishlanadi)

Kechagina bir o‘ram temir,
Bugun esa tayyor mahsulot.
Tasodifmi va yoki taqdir?
So‘nggi “TICO” bo‘libman! Hayhot!

Ortda qoldi zabardast press,
Titratguvchi yerni pahlavon.
Lek ajib bir nafosat ila,
Nafis shakl berdi u o‘g‘lon.

Tun qo‘ynida yulduzlar kabi
Uchqun sochib har yon fusunkor,
Duo aylar meni payvandlar:
- Temir pirim bo‘lsin madadkor!

Hur qizlardek pok etib tanim,
Har tomonim silab siypalab,
Rang berdilar, berdilar jilo,
Kelinchakdek meni erkalab.

Ko‘z qirini tashlasa quyosh,
Nur sochilur yanoqlarimdan.
Go‘yo boshin egib kamalak
Jilo olgan bo‘yoqlarimdan.

Chaqaloqdek bosar bag‘riga,
Konveyerlar go‘yoki beshik.
Maftun etib o‘z jamoliga
Yig‘uv sexi ochadi eshik.
 
Motor qo‘ydi, ixcham, lek abjir,
Soat kabi ishlar bu yurak.
Yelgin, - derlar, -bu zamin aro,
To‘xtamasin aslo g‘ildirak.

Har qadamda abjir ustalar.
Bir-bir terib chiqdilar jismim.
Yopishtirib qo‘ydilar hatto
“TICO” degan chiroyli ismim.

O‘g‘lonlar bor, ko‘zlari lochin,
Ilg‘ab olar har bir nuqsonni.
Tekshirishib ko‘rib birma-bir,
Ehtiyot qil, - derlar, - Insonni.

Chiqib keldim yorug‘ olamga,
Ko‘z-ko‘z qilib chiroqlarimni.
DAMASlar-u NEXIAlarga
Maqtanaman bo‘yoqlarimni!

Oq yo‘l tilar so‘nggi bor zavod
Mehrim jo‘shar tilaklaridan:
«Madadkor bo‘l insonga, hamroh,
Rahmat aytsin yuraklaridan»

Mayli so‘nggi “TICO” bo‘lsam ham,
Elga xizmat qilmay qolmayman
Bilib qo‘ysin, o‘zbegim o‘g‘lin,
Xizmat qilib sira tolmayman.

“TICO” derlar mening ismimni!
“Tezkor”, “Ixcham” so‘zlari mavjud.
“Kuchli” derlar, hamda “Orasta”,
Hammasidan jam bo‘lgan vujud.

Men so‘nggiman, lekin ortimda
“MATIZ” degan ukajonim bor!
“DAMAS” xizmat qilar beminnat,
“NEXIA”ga ayting iftixor.

Biz o‘zbekning o‘g‘lonlarimiz,
Toylarimiz alplari mingan.
Faxr aylang, loyiqmiz bunga
O‘zbegimning mehnati singgan!

Fevral, 2004 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.