Qadr o‘lsin, yostig‘imni ho‘l qilgancha,
Holimdan bir xabar olmay ketding ukam.
Mening qadrim shu qadar ham past bo‘ldimi,
Seni olgan hudodan so‘r, qayerim kam?
Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Onam bo‘lsa baxtim yo‘lda qolarmidi?
Taqdir meni shu kunlarga solarmidi?
Mehr izlab topgan dardim olarmidi?
Yo Allohim sinovlari shu bo‘ldimi?
Rahmdil Alloh nomi bilan boshlayman.
Hayron etib ikki dunyo g‘alvasiga,
Oshiq qilding bu dunyoning bandasiga.
Ey Allohim, muruvvating etma darig‘,
Zor qilmagin bir farzandning jandasiga.
Tongda turib uxlamagan oromidan nola qilar,
Duolarda ne so‘rashin faqat o‘zi, Tangri bilar.
Ko‘zlar mungli, titroq qo‘llar yostig‘ini asta silar,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.
To‘yim bugun. To‘yxonadan, Onam, ruhing izlayman,
Yuzim niqob tabassumdan, ich-ichimdan bo‘zlayman.
Yonimda yor oq ro‘molda armonimni bilmaydi,
Kelin salom qilganida senga salom bermaydi.
"Onalar oyog‘i ostida jannat".
Bunchalar nodonman, endi bilibman.
Sen ketgan so‘qmoqdan topib olganim
Hali ham kovushing kiyib yuribman...…
Noma yozdim Onajonimga,
Sabolardan yo‘lladim, biroq,
Topolmadi borar manzilin
Yod ayladi uni bo‘z tuproq.
Chaqmoq kabi bir yondingu zumda so‘nding.
Taqdir uchun emas mening ohu zorim.
Yolg‘onchi deb nom chiqargan bu dunyoga
Meni yolg‘iz tashlab ketding Onajonim.
Iyun, 2000 yil.
Sahifamda zerikib qolmang!
-
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
-
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi. -
(Hamkasbimga hazil)
Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur. -
Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli. -
Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada. -
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.