Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Kelinchak qiz

Kelin qizim, jon qizim...

Hay hay o‘lan jon o‘lan, kelin bo‘lar yor-yor,
O‘z uyidan o‘zgaga ko‘chib kelar yor-yor.
Baxti qo‘nib boshiga, quvonchdan ko‘z yoshiga,
Otasini yig‘latib uydan ketar yor-yor.
Qo‘shiqdan...

Bugun to‘ying jon qizim, uzatyapman kuyovga,
Seni asrab avaylab, qiz qilyapman birovga.
Qiz uzatmoq otaga berilgan bir sinovga,
Otang uchun bitta farz, palaxmon tosh jon qizim.

Quvonaman baxtingdan, kelar kulib o‘ynagim,
Bir chekkada yashrinib to‘yib to‘yib yig‘lagim.
Bugun to‘ying qizginam, kelmaydi hech o‘ylagim,
Yig‘lasam ham baxtingdan yig‘laymanda jon qizim.

Paranjiga o‘rashib yetaklashar yangalar,
Poyandozlar solishib, sochib gullar, tangalar.
Har qadaming yuragim parcha parcha maydalar,
Chidaymanda, seningdek yig‘lolmayman jon qizim.

Ostonaga yetganda «Keling, keling» deydilar,
«Oydek kelin qizingiz duo qiling» deydilar.
Bilmaydilar yangalar, ich etimni yeydilar.
Ey xudoyim sabr ber: Baxtli bo‘lgin jon qizim.

O‘zing eding, jon qizim, mening yaxshi, yomonim,
Yuragimning parchasi, mehribonim, mezbonim,
Labbay degan, xo‘p degan, mening shirin zabonim,
Ostonadan saloming sog‘inaman jon qizim.

Bo‘ynim quchib yig‘laysan: «Yo‘q, ketmayman Otajon!»
Bo‘ldi qizim, bas qizim, ona qizim, onajon!
Oson tutma jon bolam, menda ham yo‘q qirqta jon!
Yig‘lab ketma, otangni yupatib ket, jon qizim!

Momo qizim, oy qizim, kelin bo‘lgan boy qizim,
Bo‘lsin kuyov muborak, o‘z uyingga bor qizim.
O‘g‘il ko‘rgin, qiz ko‘rgin, umring bo‘lsin to‘y qizim,
Senga bergan tarbiyam, odobingda tur qizim.

Karnay, surnay, nog‘ora chaqiradi to‘yingga.
Bugun farzim jon qizim, kuzatyapman uyingga.
Yuragimning parchasin sochib qo‘ydim yo‘lingga,
Hali bir kun o‘tmasdan sog‘inyapman jon qizim.
Tuying ko‘rib baxtimdan ovunyapman jon qizim.

16-noyabr, 2017-yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.