Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Hamkasb qizlariga Navro‘z tabrigi
Ratings
(0)
Bahorning gullaridek husnlari ochilgan, Shu gullardek bo‘limlarga bitta-bitta sochilgan, Yigitlarning ish vaqtida uyqusini qochirgan, Kompaniya qizlari, sizga bayram muborak!
Yarashadi o‘zingizga noz qilib yurishingiz, Kseroks oldidi navbatda turishingiz, Ish buyursa ohista labingiz burishingiz, Kompaniya qizchalari, sizga bayram muborak!
Mehmon kelsa bo‘limiga arazini bildirmas, Yigitlarga ortiqcha harakatlar qildirmas. O‘zining ibosiga bitta xam dog‘ ildirmas, Bo‘limlarning qizlari, sizga bayram muborak!
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.