Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

Tunga kundan joy talashtirib,
Qaldirg‘ochga yo‘l qarashtirib,
Bahorimni bir yarashtirib,
Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

Yig‘ishtirib qorli to‘shaklar,
Qir adirga yoyib chechaklar,
Ushaltirib ezgu tilaklar,
Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

Oq bulutlar yoyib osmonga,
Sumalaklar solib qozonga,
Rizq tarqatib butun jahonga,
Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

Zamin bag‘rin nurga iydirib,
Maysalardan atlas kiydirib,
Yomg‘irlardan suvga to‘ydirib,
Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

Jon bag‘ishlab yerdagi donga,
Maysalarni tortib osmonga,
Uyg‘on deya tanti dehqonga,
Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

Chumoliga tashvishni boshlab,
Bolariga qanot bag‘ishlab,
Shijoatga jonni olqishlab,
Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!
 
Chiroy berib qalam qoshlarga,
Zavq ulashib yigit boshlarga,
Muhabbatdan kuylab yoshlarga,
Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

Xar qadamda sayllar boshlab,
Elu-yurtni ko‘nglini xushlab,
Bahorini qo‘lidan ushlab,
Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

Ayo do‘stlar, keling, biz bilan
Quchoq oching nonu tuz bilan.
Qarshilaylik ochiq yuz bilan,
Qarang, qarang, Navro‘z kelmoqda!

16 mart, 2010 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.

  • Adliyachilarga hazil sheʼr

    Shiori har doim “Kuch Adolatda”
    Nohaqlik ko‘rsalar sochlari tikka.
    Xolislik, haqiqat, tenglik, odillik,
    Intilar qonunda ustuvorlikka.