Yo rab, kuning o‘tsa yorim siymosini ko‘rmay, netay?
Yoxud bir tun o‘tsa yorim lab bolini so‘rmay, netay?
Nechun bir kun, va yo bir tun, bir on yetar hol jonima,
Ketar bo‘lsam izlab baqo yor ishqig‘a to‘ymay netay?
Noma bitsam qilmay qabul, araz etsa kabutardin,
Gino qilib ketsa xasmim yor muhrini qo‘ymay, netay?
Oshiqlig‘im musofirliq talab etsa qilgum safar,
Dil yorimning gulgun isi bor vatanni suymay netay?
Arazlari rashkdin o‘tar, ro‘yolarga qilib mahbub,
Hijronida o‘tar bo‘lsam ishq zavqini surmay, netay?
Bil, Alisher qalbini ishq zindoniga etding asir,
Bir farishtang majnuniman, har yo‘liga yurmay netay?
7-noyabr, 2006 yil