Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.
Kuz yomg‘iri...
Ratings
(0)
Kuz yomg‘iri derazamni chertib yog‘ar. Atay otar tomchilarin ko‘z yosh misol. Derazamni chertar xuddi pinhon oshiq, Yuzlarimni sog‘inganday izlar visol.
- Qo‘ygin endi, kuz yomg‘iri, tinch qo‘y meni. Shivirlayman oy nuri yo‘q ko‘kka boqib, - Sensiz ham sel ko‘z yoshlarim ko‘ksimga yor, Bahor kelgan ishq kuzgacha ketdi oqib.
Kuz yomg‘iri derazamni sindirgudek Taraqlatar, avjga chiqar rashk, alamdan. Xuddi mening yuragimdek parcha parcha, Tomchilari jonsiz qular derazamdan.
Ilojim yo‘q, yupatmasam kun tinchimaydi. Soch yuzimdan ming bo‘sadan esdan og‘ar. Evaziga rashkin qo‘zg‘ab bir go‘zalning Kuz yomg‘iri derazasin chertib yog‘ar.
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.