Kecha oqshom falakda oy bo’zarib botganda,
Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg’otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
Kutubxona haqida
Ayrim kutubxonalarni yoqib yuborishmaganda edi, hozir seni boshqa sayyoralarga sayohatga olib borgan bo‘lardim...
(Dadamning gaplaridan)
Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jonu jahon o‘rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o‘rtar.
Kishiga ishq o‘tidin zarraye yetsa, bo‘lur giryon,
Bo‘lub besabru betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar.
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon,
O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
Shavkat Rahmon xotirasiga
Mendan nima qolar:
Ikki misra sheʼr,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o‘ylayman
O‘zimdan ko‘proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Sheʼrim! Yana o‘zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
Sobit-ul sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing,
Mulki olam ichra bir xoqon o‘zing, sulton o‘zing.
Sobit o‘z maʼvosida, sayyor fazo dunyosida,
Koinot sahrosida karvon o‘zing, sarbon o‘zing.